Gollivud aktyorlari ish tashlashni tugatishga rozi bo‘lishdi
Gollivud aktyorlari 2023-yilda ko‘ngilochar industriyani larzaga keltirgan va anchagina uzoq davom etgan ish tashlash va mehnat mojarosiga barham berib, studiyalar bilan kelishuv uchun ovoz berishdi.
Ish tashlashni tugatish uchun kasaba uyushma a’zolarining 78 foizi bergan, ovoz berish jarayonida jami a’zolarning 38 foizi ishtirok etgan.
Kelishuv shartnomasida umumiy ish haqini 7 foizga oshirish, oyliklar keyingi yillarda ham ko‘tarilib borishi, shuningdek, an’anaviy ish haqi bilan bir qatorda, film va seriallar namoyishi orqali daromad ko‘radigan striming xizmatlaridagi ko‘rishlar soniga qarab ijrochilarga to‘lov qilish uchun uchun maxsus fond tashkil etish nazarda tutilgan.
Aktyorlar orasida yakdillik bo‘lmagani bois kelishuv barbod bo‘lishi ehtimoli yuqori edi. Muvaffaqiyatsizlik ish tashlashlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter