Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston «birinchi raqamli» iste’molchiga aylanishi mumkin

Hindiston «birinchi raqamli» iste’molchiga aylanishi mumkin

Foto: «Investopedia»

Hindiston 10 yildan so‘ng foydali qazilmalarni iste’mol qilish borasida Xitoyni ortda qoldirishi mumkin. Ekspertlar har ikki mamlakat aholisi soni o‘sishi va iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib bildirgan fikrlarga asoslanib «Financial Times» bu haqda yozmoqda.

Yashovchilari soni 1,4 milliardlik dovondan hatlashiga juda oz qolgan Hindiston hademay sayyoramizdagi eng ko‘p aholiga ega mamlakatga aylanadi. O‘z navbatida, Xitoy yalpi ichki mahsulotni o‘stirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarini so‘nggi paytlarda birmuncha pasaytirdi va qarz yuklamasini oshirdi.

G‘arb mediamaydonida Hindistonning yangi «global fabrika» obrazi asta-sekinlik bilan yaratilmoqda. Xitoy xom ashyo bazasidan bevosita AQShning-da iqtisodiy raqibi darajasigacha o‘sa olgandi. Hindlarning qat’iyati va mehnatsevarligi «Xitoy mo‘’jizasi»ni takrorlash uchun yetarlimi?

Hozircha jahon biznes-hamjamiyatining e’tiborida — asosan Xitoy. 2022-yilning birinchi yarmida Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar 21,8 foizga o‘sib, $112,35 mlrd.ga yetdi. Hindiston hozircha maqtana olmaydi, atigi $4,9 mlrd jalb eta oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring