Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda chaqmoq urishidan bir kunda yuzdan ortiq inson halok bo‘ldi

Hindistonda chaqmoq urishidan bir kunda yuzdan ortiq inson halok bo‘ldi

Foto: «1230espn.com»

Hindistonda bir kunda 107 nafar odam chaqmoq urishidan halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, ya’ni 26-iyun kuni «Times of India» gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, tabiiy ofat Bixar shtatida 83, Uttar-Pradesh shtatida 24 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, chaqmoq dalada ishlayotgan odamlarni urgan. Ular meteorologlarning ogohlantirishi va uyda qolish haqidagi tavsiyalariga e’tibor berishmagan.

Hindistonda tabiiy ofatlarga qarshi kurash departamenti xodimi Sandip Kumarning so‘zlariga ko‘ra, yaqinlaridan judo bo‘lgan oilalarga 5,3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.

Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi fuqarolarning vafoti munosabati bilan o‘z ta’ziyasini bildirgan.

Hindiston va Janubiy Osiyo mintaqasida har yili may va iyun oylarida chaqmoq urishi natijasida juda ko‘p o‘lim qayd etiladi, deb yozadi «CNN». Jinoyatlarni ro‘yxatga olish milliy byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda chaqmoq urishi natijasida 2017-yilda 2885 kishi, 2018-yilda esa 2357 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring