Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Maskning boyligi bir kunda $32 mlrd.ga ko‘paydi

Ilon Maskning boyligi bir kunda $32 mlrd.ga ko‘paydi

Foto: «Al Jazeera»

«Tesla» aksiyalari sezilarli qimmatlashuvi ortidan kompaniya sohibi — Ilon Maskning boyligi bir kunda 32,6 mlrd.ga ko‘payib, endilikda 304,2 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda «Forbes» xabar berdi.

«Tesla» kompaniyasi 2021-yilda mijozlariga 936 172 ta elektromobil sotib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgani haqida yozgandik.

Natijada Mask yana 300 milliarddan ko‘p puli bor insonga aylandi. Ilon Mask 2021-yilning noyabr oyida ham u bu tarixiy cho‘qqini zabt etgandi.

3-yanvar, dushanba kuni «Tesla» aksiyalari qimmatlashuviga qadar ham  Mask sayyoramizning eng boy odami edi. Endi esa oradagi farq ancha kattalashib ketdi: sayyoramizning «ikkinchi boyi» — LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyasi bosh direktori Bernar Arno hisobida 200,6 mlrd. dollar bor. Ko‘rib turganingizdek, yetakchiga yaqinlashishning o‘ziga $100 mlrd. kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring