Isroilda bayramdagi falokat sabab qirqdan ziyod kishi halok bo‘ldi

Isroilda Lag Ba-Omer bayrami paytida ustida odamlar bo‘lgan tribuna qulab tushdi. Natijada kamida 44 kishi kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralangan. Bu haqda Naaretz nashri ma’lum qildi.
Shifokorlar 65 dan ortiq jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishmoqda, ularning aksariyati og‘ir ahvolda.
Voqea joyiga bir necha o‘nlab tez yordam mashinalari va qutqaruvchilar, oltita vertolyot yetib kelgan.
Har yili o‘tkaziladigan festivalga ko‘p sonli odamlar ruhoniy Shimona Bar Yoxaya qabri ziyorati va gulxan bayramini o‘tkazish uchun yig‘iladilar.
Hozircha hodisaning aniq sababi hozircha noma’lum. Ko‘p odamlar to‘plangani va kuchli siqilish tufayli tribunaning qulagani taxmin qilinmoqda. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu voqeani «dahshatli falokat» deb atagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter