Isroilliklar hukumatga ishonmay qo‘ydi — OAV

G‘azo sektoridagi mojarolar fonida isroilliklarning aksariyati yahudiy davlati hukumatiga ishonmay qo‘ydi, deb yozadi The Times of Israel.
Isroil Demokratiya Instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasiga yahudiy isroilliklarning atigi 20,5 foizi va arab millatiga mansub isroilliklarining esa 7,5 foizi ishonadi.
Nashr ta’kidlaganidek, Isroil hukumatiga ishonch darajasi so‘nggi 20 yil ichida minimal darajaga yetdi. 2023-yil iyun oyida Netanyaxuning hukumatiga yahudiy isroilliklarning 28 foizi va arab isroilliklarining 18 foizi ishongan.
7-oktyabr kuni G‘azodagi HAMAS harakati Al-Aqso to‘foni operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Oqibatda mintaqada vaziyat keskinlashdi. Isroil G‘azoni bombardimon qilishni boshladi, oqibatda minglab odamlar halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter