Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 2,6 mingdan oshgan

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 2,6 mingdan oshgan

Falastin SSV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga qilgan qurolli hujumi ortidan halok bo‘lganlar soni 2 600 nafardan, yaradorlar esa 10 ming nafardan oshgan.

Isroil tomonidan esa 1 400 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Kecha, 15-oktyabr kuni Isroil noqulay ob-havo tufayli G‘azodagi quruqlikdagi operatsiyani keyinga qoldirgani aytilgan edi.

O‘z navbatida, Isroil G‘azoda quruqlikdagi operatsiyani boshlasa, Eron urushga aralashish bilan tahdid qildi. Axios portaliga ko‘ra, ogohlantirish Eron TIV rahbari bilan uchrashuv o‘tkazgan BMT maxsus koordinatori orqali yetkazilgan. Avvalroq, Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Isroilni urush jinoyatlarida ayblab, buning oqibatlari yomon bo‘lishidan ogohlantirgandi.

BMT, ayni paytda G‘azo sektorida og‘ir gumanitar vaziyatni e’lon qildi. G‘arb davlatlari Misrni G‘azo sektoridan yagona chiqish yo‘li - Rafah chegara punktini ochishga chaqirgan.

NBC telekanali esa Rafah nazorat-o‘tkazish punkti bugun, 16-mart kuni ertalab soat 9:00 da chet el fuqarolarining chiqishi uchun ochilishini, shu bilan birga insonparvarlik yordami ham qabul qilinishi haqida xabar tarqatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring