Jahon banki Rossiya va Belarusdagi barcha dasturlarini to‘xtatdi
![Jahon banki Rossiya va Belarusdagi barcha dasturlarini to‘xtatdi](http://static.xabar.uz/crop/2/3/720_460_95_2366024616.jpg)
Jahon banki guruhi Rossiya va Belarusdagi barcha dasturlarini to‘xtatganini ma’lum qildi.
«Interfaks» yozishicha, RFdagi yangi loyihalar va investitsiyalarni Jahon banki 2014-yildan beri moliyalashtirmaydi (Qrim, Donetsk va Luganskdagi nizolar o‘sha yili boshlangan — tahr).
«Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi va uning xalqiga qarshi harbiy harakatlar olib borayotgani oqibatida Jahon banki guruhi RF va Belarusdagi barcha loyihalari va dasturlarini amalga oshirishni to‘xtatdi», — deyilgan Jahon banki bayonotida.
Qaror qabul qilinishi bilan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter