Janubiy Koreyada tug‘ilish vazirligi tuziladi
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol tug‘ilish bo‘yicha vaziyatni milliy inqiroz deya atab, shu muammo bilan shug‘ullanuvchi vazirlikka asos solinishini ma’lum qildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
«Milliy miqyosdagi favqulodda vaziyat deb atash mumkin bo‘lgan muammo — tug‘ilishning past darajasiga barham berish uchun biz davlat salohiyatini to‘liq safarbar etamiz», — dedi prezident.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tuzilma tug‘ilishning past darajasi siyosatini rejalashtirish vazirligi deb nomlanadi. Yangi vazir, shuningdek, bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari ham hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter