Jon Turmel – saylovlarda eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan kishi

Dunyo bo‘yicha saylovlarda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan Jon Turmel ismli kishi Kanadada yashaydi, deb yozadi «Haber7.com» nashri.
Jon Turmel 95 marta saylovlarda nomzodini qo‘yib, barchasida mag‘lub bo‘lgan. U 1979 yildan beri bu xatti-harakati bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan.
Oltmish yillik siyosiy hayoti davomida eng ko‘p 4500 ta ovoz olgan Turmel: «Men ko‘proq qimorbozlarni, giyohvandlarni qo‘llab-quvvatlaganman», – degan.
Angliyaning «Guardian» gazetasiga intervyu bergan Turmel saylovlarda mag‘lub bo‘lganidan pushaymon emasligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas