Karam — kariyes kushandasi
Brokkoli va oddiy karam tish chirishining oldini olish xususiyatiga ega. Olimlar aniqlashicha, ushbu sabzavotlar tarkibidagi diindolilmetan (DIM) molekulasi kariyesga sabab bo‘luvchi bakteriyalarning 90 foizini yo‘q qila oladi.
Mazkur tabiiy molekula brokkoli, bryussel karami va boshqa barcha karam turlarida uchraydi. U tish yuzasida zararli bakteriyalar qatlami hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilib, tish emalini yemirilishdan himoya qiladi.
Shifokorlar diindolilmetan molekulasining yallig‘lanishga qarshi kurashish hamda xavfli shishlar va o‘sma kasalliklarining oldini olish xususiyatlarini ham alohida qayd etishmoqda.
Olib borilgan muvaffaqiyatli tadqiqotlardan so‘ng, ushbu foydali moddani kelgusida tish pastalari hamda og‘izni chayishda qo‘llaniladigan vositalar tarkibiga qo‘shish rejalashtirilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter