Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada ovoz berish yakunlandi: Makron yutgani aytilmoqda...

Fransiyada ovoz berish yakunlandi: Makron yutgani aytilmoqda...

Fransiyada bugun, 24-aprel kuni prezidentlik saylovining ikkinchi turi o‘tkazildi.

Eng oxiri Parij, Lion, Bordo, Strasburg, Nitssa va Marseldagi saylov uchastkalari yopilgani aytilmoqda. Parij aholisi ovoz berish natijalarini bilish uchun Mars maydonida yig‘ilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, katta ehtimol bilan, 57,6 foiz ovoz bilan Emmanuel Makron prezidentlikka qayta saylangan. Bu haqda Elabe institutiga asoslanib BFMTV xabar berdi. Marin Le Pen esa 42,4 foiz ovoz olgani aytilmoqda.

Yakuniy natijalarni kutamiz.

To‘ldirilgan xabar: OAV xabarlariga ko‘ra, Le Pen Makronga qo‘ng‘iroq qilib, Fransiya prezidentligi uchun saylovda o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring