Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ko‘nikishga to‘g‘ri keladi»: Yaponiyada koronavirusning uchinchi va to‘rtinchi to‘lqinini kutishmoqda

«Ko‘nikishga to‘g‘ri keladi»: Yaponiyada koronavirusning uchinchi va to‘rtinchi to‘lqinini kutishmoqda

Foto: «Reuters»

Yapon infeksionistlari koronavirusning uchinchi va to‘rtinchi to‘lqini xavfidan ogohlantirishdi, ularning ta’kidlashicha, jamiyat koronavirus bilan yonma-yon yashashga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi.

Tokioda mazkur soha mutaxassislari o‘rtasida o‘tkazilgan s’yezdda ma’lum qilinishicha, Yaponiya hozirda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini eng avjiga chiqqan pallani boshdan o‘tkazyapti.

«Biz hozir ikkinchi to‘lqinning o‘rtasidamiz. Vaziyatning keyingi rivojlanishini diqqat bilan kuzatishimiz zarur. Mamlakatda ham, Tokioda ham kasallik yuqishi yuqorilayotgan ko‘rinadi, ammo yangi o‘sishlar ko‘proq diqqat markazimizda bo‘lishi kerak. Taxminimizcha, bundan keyin uchinchi va to‘rtinchi to‘lqinlar keladi, koronavirus bilan birga yashashga ko‘nikishimizga to‘g‘ri keladi», — dedi ushbu jamiyat raisi Kadzuxiro Tateda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring