«Kunchiqar yurt» aholisi bir yilda 644 ming kishiga kamaydi

2020-yilning oktyabridan 2021 yilning oktyabriga qadar Yaponiya aholisi, mamlakatda yashovchi xorijliklar ham qo‘shib hisoblanganda, 644 ming kishiga qisqardi. Mamlakat ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi bayonotiga ko‘ra, bu 1950 yildan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkich, deb xabar berdi «Kyodo».
Hozir mamlakat aholisi — 125 502 000 kishi. Statistikaga ko‘ra, Yaponiya aholisi soni 11 yildan beri tinmay qisqarmoqda. Ushbu tendensiya, shuningdek, koronavirusga qarshi qattiq choralar tufayli aksariyat xorijliklar Yaponiyaga kela olmayotgani bilan bog‘liq, deyishmoqda ekspertlar.
Okinavani hisobga olmaganda, aholi soni qisqarishi Yaponiyaning barcha 47 prefekturasida kuzatilmoqda. Poytaxt Tokio aholisi 26 yilda ilk marta kamayishi qayd etildi. Bir yil davomida «Kunchiqar yurt»da yashovchi xorijliklar soni 25 ming nafarga qisqarib 2 722 000 kishini tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter