Lotereyaga 2 mlrd 40 mln dollar yutuq chiqdi (video)
![Lotereyaga 2 mlrd 40 mln dollar yutuq chiqdi (video)](http://static.xabar.uz/crop/2/4/720_460_95_2404779223.png)
AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi kishi Powerball lotereyasida jekpotni yutib, milliarderga aylandi.
2 mlrd 40 mln dollar (soliqqacha) — baxtli chipta sohibi shuncha yutdi. Chipta Los-Anjeles shimoli-sharqidagi Altadena avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida xarid qilingan. Ushbu shoxobcha egasiga ham 1 mln dollar ulush beriladi.
Yangi milliarder kimligi hozircha noma’lum, biroq Kaliforniya shtati qonun-qoidalariga ko‘ra, uning nomi oshkor etilishi shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter