Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Manba: «Real» Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olganidan afsusda

Manba: «Real» Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olganidan afsusda

Jurnalist Romen Molina «Real» tomoni fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening transferidan norozi ekanini aytdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

«Real» uni taklif qilganidan afsusda. Men kafolat beraman. Menga bu haqda yozma ravishda aytishdi. Uni aynan Peres xohlagan, u yulduz futbolchilarni yaxshi ko‘radi. Klub Mbappening o‘yinlari darajasidan xafa. Balki bu Kilianning aybi emasdir», - dedi Molina.

Mbappe va «Real» o‘rtasida shartnoma imzolangani 3 iyun kuni rasman e’lon qilingan edi. Hujumchi ispan grandiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Bungacha forvard 2017 yildan Fransiyaning «PSJ» klubida to‘p surgan.

Mbappe «Real» uchun Ispaniya chempionatidagi ilk gollarini «Betis»ga qarshi 4-tur uchrashuvida kiritdi. U dubl qayd etdi va Madrid klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 4 sentyabr kuni Mbappe «Oltin to‘p»ga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi.

Avvalroq Mbappega zo‘ravonlik ayblovi qo‘yilgan, ammo futbolchi buni qat’iyan rad etgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring