Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mark Sukerberg ashaddiy raqibini ortda qoldirdi

Mark Sukerberg ashaddiy raqibini ortda qoldirdi

Foto: Pikabu

Bloomberg talqiniga ko‘ra, Mark Sukerberg $187 mlrd boyligi bilan dunyoning eng boy kishilari orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Natijada uning ashaddiy raqibi Ilon Mask ($181 mlrd) kuchli uchlikni tark etdi.

Manba: Bloomberg

Jahondagi eng boy inson — Louis Vuitton kompaniyalari guruhini boshqarayotgan Bernar Arno ($223 mlrd).

Amazon asoschisi Jeff Bezos ($207 mlrd) — ikkinchi o‘rinda.

O‘tgan yili Ilon Mask sayyoramizning eng boy kishisi edi, biroq Tesla yil boshidan buyon 34 foiz qiymatini yo‘qotishi uni pastga tushirib yubordi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring