Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marokashda uch kunlik motam e’lon qilindi

Marokashda uch kunlik motam e’lon qilindi

Marokash qiroli Muhammad VI 8 sentyabr kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari xotirasiga uch kunlik milliy motam e’lon qilishni buyurdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda bayroqlar tushiriladi. Barcha masjidlarda zilzila qurbonlari haqiga duo qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 sentyabr kuni (Toshkent vaqti bilan soat 03.12) da Marokashda 7 magnitudaga teng kuchli zilzila ro‘y bergan edi.

Marokash Ichki ishlar vazirligi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1037 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 1204 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring