Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Medvedev Trampning talabiga munosabat bildirdi

Medvedev Trampning talabiga munosabat bildirdi

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Donald Trampning talabiga keskin munosabat bildirdi. Uning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya-Ukraina mojarosiga barham berish bo‘yicha yangi muddati muzokaralar jarayonini “ultimatumlar o‘yini”ga aylantiradi.

U Oq uy rahbarining Ukrainadagi harbiy harakatlarni tugatish muddatini 50 kundan 10-12 kunga qisqartirganini shunday izohladi. 

"Har bir yangi ultimatum tahdid va urush tomon qadamdir. Rossiya va Ukraina o‘rtasida emas, balki uning o‘z mamlakati (AQSh,- tahr) bilan", deb yozgan Medvedev X ijtimoiy tarmog‘ida.

U AQSh prezidentini Rossiya “Isroil emas, hatto Eron ham emasligini” unutmaslikka chaqirdi. 

Bugun Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda muvaffaqiyat bo‘lmasa, 10-12 kunlik muddatdan so‘ng Rossiyadan neft va gaz import qiluvchi davlatlarga 100 foizlik bojlar joriy etishga va’da berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring