Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO yadroviy qurollarini shay holatga keltiradi

NATO yadroviy qurollarini shay holatga keltiradi

Yens Stoltenbergga ko‘ra, NATO Rossiya va Xitoy tahdidi tufayli yadroviy qurollarni tayyor holatga keltirish masalasini muhokama qilmoqda.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg The Telegraph nashri bilan intervyuda alyans o‘z raqiblariga aniq xabar yuborish uchun o‘zining yadro arsenalini dunyoga namoyish qilishi kerakligini aytdi.

«Men qancha yadro kallaklari xizmatda bo‘lishi va qanchasi zaxirada bo‘lishi kerakligi haqida batafsil ma’lumot bermayman, lekin biz bu masalalarda maslahatlashishimiz kerak. Biz aynan shunday qilyapmiz», - dedi Stoltenberg.


Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning maqsadi «yadroviy qurolsiz dunyo»dir: «Ammo yadroviy qurol mavjud ekan, biz yadroviy ittifoq bo‘lib qolamiz, chunki Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya yadroviy qurolga ega bo‘lgan dunyodir, bu xavfli dunyo».

Alyans bosh kotibining eslatishicha, Xitoy zamonaviy qurollarga, jumladan, yadroviy arsenaliga katta sarmoya kiritmoqda, uning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 1000 ta jangovar kallakgacha oshadi.

Shu sababli, Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda NATO «yadroviy kuchlarga ega ikkita potensial raqibga duch kelishi mumkin - bu Xitoy va Rossiya».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring