Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navbatdagi kuchli zilzila qayerda sodir bo‘lishi prognoz qilindi

Navbatdagi kuchli zilzila qayerda sodir bo‘lishi prognoz qilindi

Kelgusi besh yil ichida yerning seysmik faolligi oshadi.

Sayyoradagi 9 balli silkinishlar o‘rtacha besh-yetti yilda bir marta, 8 ballisi esa yiliga ikki-uch marta sodir bo‘ladi. Ammo so‘nggi to‘rt yil ichida yerning seysmik faolligi juda ham ekstremal darajada yuqori emas. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasining geofizika xizmati direktori texnika fanlari doktori Yuriy Vinogradov ma’lum qilgan.

«Oxirgi 30-40 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan kelib chiqilsa, kelgusi besh yil zilzilalar chastotasi mazkur o‘rtacha ko‘rsatkichdan biroz yuqoriroq bo‘lishiga ishonish uchun asoslar yetarli, demak, mos ravishda zilzilalar soni ko‘payadi», deydi ekspert.

Olimlar eng ko‘p seysmik faol joyni ayta olmaydilar. Biroq, dunyodagi seysmik xavfli zonalar ma’lum va u yerda har doim bunga tayyor turish kerak. Rossiyada bu hududlar Kamchatka, Kuril, Saxalin, Baykal, Oltoy-Sayan o‘lkasi va Kavkaz tog‘liklariga to‘g‘ri keladi.

Niderland seysmoligi Frank Hugerbits esa sun’iy yo‘ldosh dasturiy mahsulotlari va sezilar sezilmas astronomik o‘zgarishlarning chuqur tahlillari asosida kelgusida 7.5 magnitudalik kuchli zilzila o‘chog‘i Hindiston, Afg‘oniston va Pokiston hududlaridan birida kuzatilishini prognoz qilgan.

Ushbu olimning Turkiyadagi kuchli zilzila haqidagi prognozi o‘zini oqlagani uchun ko‘pchilik uning kutilmalariga e’tibor qaratmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring