Netanyaxu sirli ravishda BAAga borgani aytildi
Binyamin Netanyaxu 27-sentyabr kuni Abu-Dabiga maxfiy ravishda bordi, deb xabar beradi Isroil televideniyesining 12-kanali.
Telekanalning manbalariga ko‘ra, Netanyaxu ertalab Birlashgan Arab Amirliklariga shaxsiy samolyotda borgan va butun kunni u yerda o‘tkazgan, kechqurun esa uyiga qaytgan. Kanal talqiniga ko‘ra, safarning maqsadi prezident Muhammad bin Zayd Al-Nahyon bilan shaxsiy uchrashuv bo‘lgan.
Suhbat mavzusi tafsilotlari ochiqlanmagan. Netanyaxu idorasi bu xabarlarga izoh bermadi.
12-kanal Netanyaxuning Abu-Dabiga tashrifi BAA prezidenti uni 7-oktyabrdagi HAMAS tomonidan misli ko‘rilmagan hujum tahdidi haqida shaxsan ogohlantirgani haqidagi mish-mishlardan so‘ng sodir bo‘lganini ta’kidlaydi. Isroil bosh vaziri go‘yoki bu ogohlantirishni rad etib, suhbatdoshiga mamlakat G‘azo sektoridagi vaziyatni to‘liq nazorat qilayotganiga ishontirgan.
BAA rasmiylari va Netanyaxu idorasi ilgari bu da’volarni rad etgan edi.
Avvalroq Isroil bosh vaziri BMTda nutq so‘zlaganda o‘nlab davlatlar zalni tark etgani xabar berilgandi. Biroq BAA vakili zalni tark etmagani aytilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter