Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Afg‘onistonning yirik shaharlaridan biri portlash va otishma girdobida qoldi

OAV: Afg‘onistonning yirik shaharlaridan biri portlash va otishma girdobida qoldi

Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyati markazi bo‘lgan Jalolobodda ikki bor portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida uch kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, yakshanba kuni Jalolobodning ikkinchi tumanida ikkita portlash sodir bo‘lgan, keyin otishma ovozlari eshitilgan. RIA Novosti agentligi manbasining ma’lum qilishicha, «portlashlardan keyin uchta jasad shifoxonaga yetkazilgan».

Toliblar hozircha hodisaga rasman izoh bermadi.

Avvalroq, ushbu viloyatda IShIDning 53 nafar a’zosi oqsoqollar vositachiligida Tolibonga taslim bo‘lgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring