OAV: AQSh Rossiyaga jiddiy talab qo‘ydi

Bugun AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada yaqinda qo‘lga olingan Wall Street Journal muxbiri Evan Gershkovich suhbatning asosiy mavzusi bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Entoni Blinken Rossiya tomonidan Evan Gershkovich va Pol Uilanni zudlik bilan ozod qilishni talab qilgan.
Suhbatning boshqa tafsilotlari hozircha ochiqlangani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Wall Street Journal muxbiri Evan Gershkovich Rossiya josuslikda ayblanib ushlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter