O‘lgan buvisiga — 42,5 ming tenge
Qo‘shni Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish maqsadida ehtiyojmandlarga yordam puli (42500 tengedan) berilmoqda. Ammo jarayon oson kechmayapti va bunda «yordamga muhtojlar»ning hissasi katta. Bu haqda «Zakon.kz» yozmoqda.
Portal xabariga ko‘ra, da’vogarlar ko‘plab qoidalarni buzishmoqda.
8-aprel holatiga, aholidan kelib tushgan 3,1 mln.ta murojaatning 1,3 mln.tasi takror jo‘natilgan murojaatlar.
42,5 ming tengedan olishga da’vogarlarning qoidabuzarliklari turli-tuman: kimlardir ishli bo‘lsa ham ishlamayman deb murojaat qilgan, ayrimlari noto‘g‘ri yoki birovniki ko‘rsatilgan yaroqsiz hisob-raqamlarni taqdim etgan, ba’zi birovlari esa chet ellarda yashovchi Qozog‘iston fuqarolaridir. Bularning hech biri nafaqa berish talablariga javob bermaydi.
G‘alati jihati, olamdan o‘tib ketgan kishilarning nomidan ham pul olishga uringanlar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter