O‘n oydan beri oziq-ovqatlar narxi pasayishda davom etmoqda — FAO
Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, rekord darajada qimmatlashgan 2022-yilning martidan so‘ng, o‘tgan 10 oy davomida tinmay pasaymoqda. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) xabar berdi.
FAOning oziq-ovqatlar narxlari indeksi xalqaro narxlarning oyma-oy o‘zgarishini ifodalaydi. Unga ko‘ra, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi shu yilning yanvarida 131,2 punktni tashkil etdi, bu esa narxlar dekabr oyiga nisbatan 0,8 foizga, o‘tgan yil martidagi rekord narxga nisbatan 17,9 foizga pasayganini ko‘rsatadi.
Indeksning pasayishiga o‘simlik yog‘i, sut mahsulotlari va shakarning arzonlashishi ta’sir qildi. Don mahsulotlari narxi deyarli o‘zgarmagan.
O‘tgan oyda o‘simlik yog‘i 2,9 foiz, sut mahsulotlari 1,4 foiz, shakar 1,1 foizga arzonlashgan. FAO indeksiga ko‘ra, yanvar oyida go‘sht narxi deyarli qimirlamagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter