Ozganga mukofot, semirganga jarima — tajribadan kim yutdi?

Ekshn-kameralar ishlab chiqaruvchi Insta360 (Xitoy) kompaniyasi xodimlarni rag‘batlantirishning g‘alati usulini yo‘lga qo‘ydi.
Kompaniya har bir yo‘qotilgan 0,5 kg vazn uchun xodimga 500 yuan (taxminan 70 dollar) mukofot beradi, vazni oshganlardan esa 800 yuan (111 dollar atrofida) jarima undiradi.
Shu paytgacha 99 xodim jami 950 kg vazn yo‘qotib, umumiy 138 ming dollarga yaqin pul ishlab topgan. Hali bironta xodim jarimaga tortilmagan.
Bu shunchaki tajriba emas, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi korporativ madaniyatning bir qismidir, deyishmoqda kompaniya rahbarlari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter