Papua-Yangi Gvineya qirg‘oqlarida bir nechta kuchli zilzila kuzatildi

Papua-Yangi Gvineya qirg‘oqlarida 7,0 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Seysmologlarning ma’lum qilishicha, yer osti silkinishlarining epimarkazi mamlakatning shimoliy-sharqidagi Kimbe shahridan 124 km sharqda qayd etilgan.
Zilzila o‘chog‘i 39,5 km chuqurlikda joylashgan.
Keyinroq 11 oktyabrga o‘tar kechasida 5,7, 5,9 va 6,2 balli yana uchta zilzila haqida ma’lumotlar kelib tushgan.
Ayni damda talofotlar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter