Putin 71 yoshini qanday nishonlaydi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 7 oktyabr kuni o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlaydi.
Putin tug‘ilgan kunini ish o‘rnida o‘tkazadi. Bu yil uning tavallud kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 oktabr kuni boshlangan va shanba kuniga qadar davom etadigan rasmiy tashrifiga to‘g‘ri keldi.
TASS xabariga ko‘ra, davlat rahbarlari Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilmoqda, «Gazprom» tomonidan O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish alohida o‘rin tutmoqda.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalish bo‘yicha to‘liq yetkazib berish oktyabr oyida boshlanadi va asta-sekin oshishi mumkin.
Ushbu tranzitni ishga tushirish marosimida Shavkat Mirziyoyev bilan birga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham ishtirok etadi.
«Bu birinchi marta sodir bo‘lmoqda. Tarixda hech qachon Rossiyadan Markaziy Osiyoga gaz yuborilmagan», – dedi Putin. Uning ta’kidlashicha, ular bu borada O‘zbekiston rahbari bilan bir necha oy avval kelishib olgan.
«Rekord vaqt ichida O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston bunday yetkazib berish uchun shart-sharoit yaratdi. Gazimiz Qozog‘iston orqali tranzit yo‘lida O‘zbekistonga, yoqilg‘ining bir qismi esa Qozog‘istonga yetkaziladi», – dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Vladimir Putin o‘zining tug‘ilgan kunida MDH davlatlarining norasmiy sammitini o‘tkazgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter