Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin BMT bosh kotibini 26-aprel kuni Moskvada qabul qiladi

Putin BMT bosh kotibini 26-aprel kuni Moskvada qabul qiladi

Foto: «Profil»

Vladimir Putin BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni Moskvada 26-aprel kuni qabul qilishga rozilik berdi, bu haqda RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

BMT bosh kotibi Moskva va Kiyevga kelmoqchi ekani haqida xabar bergandik.

Antoniu Guterrish Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Moskvada, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan Kiyevda qabul qilishni so‘ragandi.

Bosh kotib Moskva va Kiyevda o‘t ochishni to‘xtatish va Ukrainada tinchlik o‘rnatish borasidagi qadamlarni tezlatish, shuningdek, xalqaro huquq va BMT nizomi asosida xalqaro tashqi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishni muhokama qilmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring