Putin Qrim ko‘prigidagi hodisa uchun «javob bo‘lishini» aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Ukrainaga Qrim ko‘prigidagi portlash uchun javob berishini aytdi.
Rossiya OAVlari uning nutqidan iqtibos keltirib o‘tgan.
Unga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi takliflarni tayyorlamoqda.
«Albatta, Rossiyadan javob bo‘ladi. Mudofaa vazirligi tegishli takliflarni tayyorlamoqda», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 17-iyul kuni Rossiya va anneksiya qilingan Qrimni bog‘lovchi ko‘prikda portlash yuz berdi, natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Ko‘prik jiddiy shikastlandi, tirbandliklar yuzaga keldi.
Rossiya hodisada Ukrainani ayblab chiqdi, Kiyev tomoni bu ayblovlarni inkor qilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter