Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin MDH mamlakatlari bilan munosabatlarga e’tiborni kuchaytirishga chaqirdi

Putin MDH mamlakatlari bilan munosabatlarga e’tiborni kuchaytirishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti

RF prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan tezkor yig‘ilishda ta’kidlashicha, Rossiya MDH mamlakatlari bilan munosabatlarga katta e’tibor qaratishi kerak. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Putinning aytishicha, u moliya vaziri Anton Siluanov bilan Rossiyaning yangi siyosiy davrida bu masalaga ko‘proq e’tibor qaratish, bu ish barcha jabhalarda, jumladan, tashkiliy tomonlama qanday amalga oshirilishi to‘g‘risida gaplashgan.

Bu mavzu tashqi masalalarda Rossiya uchun istiqbolli sanaladi, dedi Putin.

13-may kuni Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan, tuzilma rahbariyatida kadrlar almashinuvidan so‘ng, ilk tezkor yig‘ilishni o‘tkazdi.

Putin 12-may kuni «Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi Kotibi to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan, ushbu lavozimga ilgari mudofaa vaziri lavozimida bo‘lgan Sergey Shoygu tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring