Putindan keyingi Rossiya. RF rahbari «nozik savol»ga javob berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya energetik haftaligi» so‘nggida amerikalik jurnalist Xedli Gemblga intervyu berdi.
Suhbat davomida Putin azaliy savollardan biri — o‘zidan keyin mamlakatni kim boshqarishi mumkinligiga javob berdi.
«Kelgusi saylovlargacha vaqt ko‘p. Hozircha bu masala muhokama qilinganicha yo‘q. Bu mavzu atrofidagi gap-so‘zlar vaziyatni chigallashtirishi mumkin»,—deya izoh bergan Putin.
2020-yilda RF Konstititsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Putin 2036-yilga qadar prezidentlikda qolish imkoniga ega. U hokimiyat tepasiga 2000-yilda kelgan va orada 2008-2012-yillarda rahbarlikni Dmitriy Medvedevga bo‘shatib bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter