Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning talabini rad etishmoqda

Putinning talabini rad etishmoqda

Foto: TASS

«Katta yettilik» davlatlari Rossiyaning gaz uchun rublda to‘lov qilish talabini rad etishmoqda.

Bu haqda Germaniya vitse-kansleri, iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishi muammolari vaziri Robert Xabek ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G7 mamlakatlari vakillari to‘lovni rublda o‘tkazish talabi amaldagi gaz shartnomalarini «bir tomonlama va aniq» buzish degan fikrga kelishgan.

Ma’lumot uchun, G7ga AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya va Yaponiya kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin «do‘st bo‘lmagan davlatlar»ga qat’iy talab qo‘ygani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring