Putinning yaqin qarindoshi vafot etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amakivachchasi Yevgeniy Putin 91 yoshida vafot etdi.
Yevgeniy Putin taniqli shifokor bo‘lgan. O‘tgan yilning fevral oyida u o‘zining 90 yoshini nishonlagandi. U umrining so‘nggi yillarini o‘g‘li bilan Rossiyaning Suzdal rayonida o‘tkazgan.
O‘lim sabablari ma’lum qilinmagan.
Vladimir va Evgeniy Putinning otalari — Vladimir Spiridonovich va Mixail Spiridonovich aka-uka bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter