Qirg‘izistonda shifokorlarning maoshi 100 foizgacha ko‘tarildi

Qirg‘iz Respublikasida iqtisodiy inqiroz va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi sharoitida hukumat oylik, pensiya va yordam pullarini ko‘paytirish ustida ishlamoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov o‘zining telegramm kanalida bildirdi.
Qayd etilishicha, birinchi navbatda tibbiyot xodimlarining maoshi ko‘tariladi. Japarovning fikricha, tibbiyot xodimlari ishining og‘irlashishiga va vrach o‘rinlari uchun uch ming bo‘sh borligi sabab shunga zarurat bo‘lgan.
1 apreldan boshlab oilaviy shifokorlar markazi shifokorlarining maoshlari 100 foizga ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash tarmog‘ini boshqa tarmoqlarning va madaniyat xodimlarining maoshi 1 iyuldan boshlab 50 foizga ko‘tariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter