Qonundagi o‘g‘ri koronavirusdan vafot etdi

Qonundagi o‘g‘ri Sachino Gegechkori (kriminal doiralarda Sachino) Sankt-Peterburg kasalxonalaridan birida koronavirusdan vafot etdi, deb yozmoqda «Praym Kraym». Sachino jinoyat olamining eng yirik vakillari orasida COVID-19 qurboniga aylangan birinchi odam bo‘ldi.
Sachino asosan Peterburgda qo‘nim topgan bo‘lsa-da, qo‘li Shimoliy Kavkazga ham yetgan. O‘zi kabi qonundagi o‘g‘rilar — Taxi va Petrovichlarning cho‘qintirgan otasi edi u. Rossiya shimoliy hududlarida bironta «toj kiydirish marosimi» Sachinoning ishtirokisiz o‘tmagan.
Nashr yozishicha, 70 yoshli Sachino bu yil olamdan o‘tgan qonundagi o‘g‘rilarning oltinchisi bo‘ldi.
Jinoyat olamining MDH hududlaridagi ikki yirik vakili — Islom Edilgireyev (Katta Islom) va Vladimir Dribniy (Poltava) 15-may kuni — bir kunda vafot etgandi. Edilgireyev qon bosimi oshib ketishidan, Dribniy saraton xastaligi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Katta Islom — chechen, Poltava — ukrain edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter