Qosim-Jomart Tokayev IIVga yangi rahbar tayinladi

Qosim-Jomart Tokayev Ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinladi. Bu vazifani Marat Axmetjanov bajaradi, deya xabar beradi Zakon.kz.
Tayinlov to‘g‘risidagi farmon Oqo‘rda saytida e’lon qilindi. Unga ko‘ra Marat Axmetjanov Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi lavozimidan ozod qilinib, Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.
Qayd etilishicha, IIVning avvalgi rahbari Yerlan Turg‘umbayev Prezidentining maslahatchisi etib tayinlangan.
Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti farmoni bilan Gizat Nurdauletov Bosh prokuror lavozimidan ozod etildi va u yangi lavozimga tayinlandi.
Gizat Nurdauletov Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining yordamchisi — Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter