Qozog‘iston elektr taqchilligiga duch kelishi mumkin va qo‘shnilariga ishonmoqda

Qozog‘iston energetika vazirining o‘rinbosari Jandos Nurmaganbetov mamlakat elektr taqchilligi muammosiga duch kelishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda Zakon.kz yozmoqda.
«Hozirgi iste’mol sur’ati saqlanib tursa, bizda qo‘shimcha 1-1,5 mlrd kilovatt-soatgacha elektr energiyasiga ehtiyoj paydo bo‘ladi», — dedi Nurmaganbetov
Vazir o‘rinbosari aytishicha, Qozog‘iston o‘zining janubiy hududlarini sug‘orish uchun Qirg‘izistonning Toqtog‘ul suv omboridan suv oladi, evaziga istitish mavsumida Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berish majburiyatini olgan.
Qozog‘iston Qirg‘izistonga elektr yetkazishda davom etsa, uning o‘rnini qoplash uchun o‘ziga 1-1,5 mlrd kVt/s qo‘shimcha elektr energiyasi kerak bo‘ladi. Biroq eng muhimi, Qozog‘iston stansiyalarining qishki davrga qanday texnik holatda yetib borishida, ta’kidladi Nurmaganbetov.
«Agarda bizda taqchillik yuz bersa, tokni Qozog‘istonga elektr yetkazib berish imkoniyatiga ega mamlakatlar (Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston)dan olamiz», — dedi vazir o‘rinbosari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter