Qozog‘iston prezidenti «Instagram» sahifa ochdi
Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jomart Tokayev «Instagram»da sahifa ochib, o‘z fotosurati va ilk postini qoldirdi.
Mamlakatning hozirgi rahbari «Twitter»da faolligi bilan tilga tushgandi. Endi esa «Instagram»i ham bor. Hokimlarni aholi bilan muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanishga chorlayapti.
Tokayev Nursulton Nazarbov 20-mart kuni iste’fo berganidan so‘ng davlat rahbari vakolatini qo‘lga kiritgandi. Bungacha u respublika parlamenti yuqori palatasini boshqargan.
Vazirlar mahkamasining hozirgi tarkibi 25-fevral kuni Nazarboyev tomonidan shakllantirilgan va Askar Maminni bosh vazir etib tayinlagandi.
Prezidentlikka kelganidan so‘ng Tokayev hukumatni almashtirish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter