Qozog‘iston prezidentligi uchun kurashga ayol kishi ham qo‘shildi
![Qozog‘iston prezidentligi uchun kurashga ayol kishi ham qo‘shildi](http://static.xabar.uz/crop/3/8/720_460_95_3806317346.jpeg)
Jamoat arbobi, xotin-qizlar va oilaviy-demografik siyosat bo‘yicha milliy komissiya a’zosi Qaraqat Abden Qozog‘iston prezidentligi uchun kurashayotgan nomzodlar qatoriga qo‘shildi. Uning nomzodi professional ijtimoiy xodimlar milliy alyansi tomonidan ko‘rsatildi.
Qaraqat Jaqsiliqqizi Abden — to‘rt farzandning onasi, taniqli jamoat arbobi, Qozog‘iston prezidenti huzuridagi xotin-qizlar ishlari va oilaviy-demografik siyosat bo‘yicha milliy komissiya a’zosi, Ostona shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha shtatdan tashqari maslahatchisi. 1974-yili Oqmo‘la viloyatida tug‘ilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter