Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston shakar eksportini vaqtincha taqiqlamoqda

Qozog‘iston shakar eksportini vaqtincha taqiqlamoqda

Foto: Xabar.uz

Qozog‘iston yoz oxirigacha shakar eksportiga taqiq joriy qilmoqda. Mamlakat tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok etish bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ichki bozorni shakar bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Unda aholini shakar bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida shakar eksportiga cheklov joriy etish masalasi ko‘rildi. 

«Omborlardagi shakar va xom qamish zaxiralari bugungi kunda 136 ming tonnani tashkil etadi, bu 2024-yil 31-avgustga qadar 120 ming tonna miqdoridagi Rossiya shakarini import qilish kvotasi bilan birgalikda 256 ming tonnani tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston 2024-yil oxirigacha qayta ishlash uchun 300 ming tonna xom qamishni bojsiz import qilish kvotasiga ega. O‘rtacha oylik iste’mol yozda 46 ming tonnani tashkil etadi, talab 60 ming tonnaga etadi. Mavjud shakar zahirasi yangi hosilga qadar shakarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga yetarli», – deydi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Erbol Tasjurekov.

Yaqin kelajakda Qozog‘iston tomoni rossiyaliklar bilan yil oxirigacha shakar yetkazib berish kvotani yana 100 ming tonnaga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, qozog‘istonliklarni shakar bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida yig‘ilishda 31-avgustga qadar Qozog‘istondan uchinchi davlatlarga, jumladan, YeOIIga a’zo mamlakatlarga shakar eksportini vaqtinchalik taqiqlash to‘g‘risida kollegial qaror qabul qilindi. Ushbu chora xalqaro tranzitga ta’sir qilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring