Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonning janubida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Qozog‘istonning janubida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Bugun Qozog‘istonning Chimkent shahridagi plastik rom ishlab chiqariladigan sexda yirik yong‘in kelib chiqdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar yo‘q, deyiladi Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ma’lumotlarida.

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 04:20 da sexning tomidan quyuq tutun chiqayotgani haqidagi xabarlar kelib tushgan. Olov sexning 5 ming kvadrat metr qismini egallagan.

«Soat 07:50 da yong‘in bartaraf etildi. Yong‘in keltirgan talofot hisoblab chiqilyapti», – deyiladi qo‘mita xabarida.

Yong‘inni bartaraf etish uchun 85 nafar o‘t o‘chiruvchi va 20 ta texnika jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring