Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya mahsulotlarida koronavirus aniqlandi

Rossiya mahsulotlarida koronavirus aniqlandi

Foto: «Pixabay.com»

Xitoy bojxona idoralari Rossiyadan keltirilgan mahsulotlarning namunalari va ularning tashqi qadoqlarida koronavirusni topishdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Xitoy hukumati virusga test musbat chiqishi munosabati bilan Rossiya yuklarini tashiydigan ikki kemaning import deklaratsiyalarini qabul qilishni to‘rt haftaga to‘xtatib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, kemalar Xitoyga baliqchilik mahsulotlarini yetkazib berishi kerak edi.

Avvalroq Xitoyning Chanchun shahrida Rossiyadan import qilingan muzlatilgan dengiz mahsulotlari qadog‘ida koronavirus topilgani ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, mahalliy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi dastlabki test natijalarida infeksiya borligini tasdiqladi. Rasmiylar qadoqlar bilan aloqada bo‘lganlarning hammasini aniqlashdi. Ular shifokorlar nazoratiga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring