Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya qahramoni qotillikka ayblanib, 11 yilga qamaldi

Rossiya qahramoni qotillikka ayblanib, 11 yilga qamaldi

Ukraina sharqidagi tan olinmagan LXR sudi Rossiya Qahramoni, 74-alohida motorli miltiq brigadasi qo‘mondoni o‘rinbosari Irek Magasumovni 11 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U qotillik va bezorilikda aybdor deb topildi. Harbiy o‘z aybini tan olmagan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan avgust oyida Magasumov Rossiya Qahramoni unvonini olganini Luganskda kapitanlar Pavel Yaskevich va Artur Puzankevich bilan birga nishonlagan. Ularga ikki qiz qo‘shilgan, ulardan biri to‘pponchadan otishni so‘radi. Otish paytida o‘q qizlardan biriga tegdi.

Mash kanalining yozishicha, Magasumov mast holda qizga o‘q uzgan. Shu bilan birga, kapitan Yaskevich dastlab iqrornoma yozgan, ammo keyin guvohlik berishdan bosh tortgan. Ish yuzasidan 12 ta ekspertiza tayinlangan.

Ikkinchi qiz esa qotillikni aynan Magasumov sodir etganini aytdi. Himoyachining ta’kidlashicha, guvoh mast bo‘lgani uchun vaziyatni yetarlicha baholay olmagan. 

Magasumov Rossiya Qahramoni unvonidan mahrum qilindi, ammo podpolkovnik unvonini saqlab qoldi. Sud unga jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashni buyurdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring