Rossiya Ukrainani minalashtirishda robotlardan foydalanishni boshladi

Rossiya Qurolli Kuchlari Ukrainada urush bo‘layotgan hududda minalashtirish ishlarida «Miner BR-1» kompleksidan foydalanishni boshladi.
Rossiyalik mutaxassislar «Miner BR-1» yer usti robot majmuasini yaratdilar. U allaqachon Rossiya harbiylari tomonidan maxsus harbiy operatsiya hududida qo‘llanilmoqda. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
«Rossiya Qurolli Kuchlari maxsus operatsiya hududida «Miner BR-1» kompleksidan foydalanishni boshladi. Biz yettita platformani yetkazib berdik, yana yetkazib berish rejalashtirilgan», — dedi nashr manbasi.
Manbaning qayd etishicha, ma’lum bir hududga mina o‘rnatishda robotni masofadan boshqarish mumkin. Kompleksdan o‘q-dorilarni yetkazib berishda ham foydalansa bo‘ladi. «Miner BR-1» 150 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni tashishga qodir, ammo eng katta samaradorlikka 70 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni tashishda erishiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter