Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va Ukraina muzokaralarni to‘xtatganini e’lon qildi

Rossiya va Ukraina muzokaralarni to‘xtatganini e’lon qildi

Foto: «theins.ru»

Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralari hozircha davom etmayapti, dedi Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko.

«Ukraina aslida muzokara jarayonidan chiqdi», qayd etdi u va Kiyev Rossiya shartnomasi loyihasiga javob bermaganini qo‘shimcha qildi. Rudenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni muzokaralarning «oldingi bosqichlarida erishilgan qoidalarini kuchsizlantirishga harakat qilmoqda».

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ham muzokaralarning to‘xtab qolishi haqidagi xabarni tasdiqladi.

«Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi muzokaralar jarayoni to‘xtatildi. Biroq, u qayta tiklanadi va menimcha, Zelenskiy moderator bo‘ladi», — dedi Podolyak. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina «Putinning yuzini saqlab qolish uchun» biror narsa bermoqchi emas, chunki shundoq ham «jamiyat juda katta badal to‘lagan».

So‘nggi yuzma-yuz muzokaralar aprel oyi boshida Istanbulda bo‘lib o‘tgandi. Natijada, har ikki tomon muzokaralar jarayonida ma’lum siljishlarga erishilganini e’lon qilgandi. Tez orada Moskva Kiyevni erishilgan kelishuvlardan chetga chiqishda ayblay boshladi. Ukraina rasmiylari, o‘z navbatida, Rossiya armiyasining jinoyatlari haqidagi ma’lumotlar fonida Rossiya Federatsiyasi bilan kelishuvlarga tayyor emasligini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring