Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada shahar meri va uning rafiqasi yong‘inda halok bo‘ldi

Rossiyada shahar meri va uning rafiqasi yong‘inda halok bo‘ldi

Foto: «1yar.tv»

Yaroslav oblasti Danilov shahar meri Ivan Svechushkin va uning rafiqasi 17-aprelga o‘tar kechasi uyida chiqqan yong‘in tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Danilov munitsipal rayoni rahbari Aleksandr Smirnov xabar berdi, deb yozadi «Interfaks».

Shahar hokimi va rafiqasining o‘limi haqidagi xabarni Danilov shahar ma’muriyati ham tasdiqlagan.

«RIA Novosti»ning yozishicha, hududiy tergov qo‘mitasi boshqarmasi Jinoyat kodeksining 109-moddasiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan (ehtiyotsizlik tufayli o‘lim kelib chiqishi). Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Svechushkin 1975-yil dunyoga kelgan, u 45 yoshda edi. 2014-yildan u uy-joy kommunal xo‘jaligi, shaharsozlik va shahar xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlay boshlagan. 2018-yil dekabrda Danilov meri lavozimiga tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring