Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada vazir o‘rinbosari qo‘lga olindi

Rossiyada vazir o‘rinbosari qo‘lga olindi

Rossiya raqamli rivojlanish vazirining o‘rinbosari Maksim Parshin juda katta miqdordagi pora ishi bo‘yicha qo‘lga olindi, deb xabar berdi «Kommersant».

Mansabdor shaxsga nisbatan tergov harakatlari o‘tkazilganini idora rasmiylari tasdiqlashgan. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasiga binoan, Parshin 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteynning so‘zlariga ko‘ra, Raqamli rivojlanish vaziri o‘rinbosari Parshin Moskvadagi restoranlardan birida 3,5 million rubl pora olishga uringan. Pul grantlar olishda yordam berish uchun berilgan. Parshin vazirlikdagi IT-kompaniyalar uchun qulay ish sharoitlarini yaratish borasidagi ishlarni nazorat qildi.

Maksim Parshin 2018 yildan buyon raqamli rivojlanish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha u Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Rossiya pochtasi va Mehnat va bandlik federal xizmatida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring