Rossiyadan o‘n ming dollardan ko‘p naqd pul olib chiqish taqiqlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 martdan boshlab mamlakatdan 10 ming dollardan ortiq naqd xorijiy valyutani olib chiqishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Farmon «Rossiya Federatsiyasining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vaqtinchalik iqtisodiy chora-tadbirlar to‘g‘risida» deya nomlangan.
Kreml matbuot xizmati bayonotiga ko‘ra, 10 ming AQSh dollari ekvivalentidan ortiq va Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha hisoblangan naqd xorijiy valyutani mamlakatdan olib chiqish taqiqlanadi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya samolyotlari AQShga qo‘yilmasligini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter